Hujumchi Erling Xoland yil boshida "Manchester Siti" bilan shartnomasini 2033/2034 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgandi. Kelishuvda sotib olish bandi ko‘rsatilgan, ya’ni norvegiyalik to‘purar hali ham o‘z kelajagini nazorat qiladi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, 25 yoshli Xolandning "Real"da o‘ynash orzusi hamon saqlanib qolmoqda. Norvegiyalik futbolchining Madrid klubiga o‘tishi qiyin bo‘ladi, ammo imkonsiz emas. Futbolchi bilan ishlayotgan Rafael Pimenta Xolandning "Real"ga transferini amalga oshirishning yagona yo‘li klubning Vinisius Juniorni sotishi ekanligini tushunmoqda. Bunday holatda madridliklar Erlingga sarmoya kiritish uchun yetarli mablaqqa ega bo‘ladi.
Xolandga "Real" eshigini Kilian Mbappe transferi ham ochishi mumkin edi, ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi - Madridda fransuzni uzoq yillar davomida foydalaniladigan aktiv sifatida ko‘rishadi. Vinisiusga kelsak, uning shartnomasi faqat 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.