Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik mashhur opera xonandasi vafot etdi

O‘zbekistonlik mashhur opera xonandasi vafot etdi

Mashhur opera xonandasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri solisti — Yanika Bagryanskaya Turkiya klinikalaridan birida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi ma’lumot berdi.

Yanika Bagryanskaya Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, yigirma yildan ortiq vaqt davomida teatrning yetakchi messo-soprano xonandalaridan biri bo‘lib kelgan.

U «Romansiada» xalqaro romansi tanlovining II darajali mukofoti sovrindori, xalqaro festivallarda faol ishtirok etgan hamda o‘zining yuqori professional mahorati, sahna ijodkorligi va san’atga munosabati bilan xalqimiz ichida tanilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumaning yaqinlari va oilasiga chuqur ta’ziya bildirib, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan hamkorlikda marhumaning yaqinlariga zaruriy konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilganini bildirgan.

Kiritildi: 17:09 07.09.2025. O'qildi: 1350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!