Portugaliyalik mutaxassis Paulo Bentoga yaqinda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligini qabul qilish yuzasidan taklif berilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq Portugaliyaning A BOLA nashri ma’lumotiga ko‘ra, 56 yoshli murabbiy ushbu taklifni rad etgan. Sabab sifatida taklif etilgan shartlar uning hozirgi kasbiy rejalari va intizomlariga mos kelmagani qayd etilmoqda.
Paulo Bento joriy yil mart oyida BAA terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan kutilmagan holda ozod qilingandi. Bu qaror uning o‘zi uchun ham ajablanarli bo‘ldi, chunki jamoa hali ham tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun kurashayotgan edi.
Mashhur murabbiy avval 2010–2014 yillarda Portugaliya terma jamoasini, 2022 yilgi Jahon chempionatida esa Janubiy Koreya terma jamoasini boshqargan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi allaqachon 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralanish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan.