Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lotereyada salkam 10 mln dollar yutgan ayol pulni sobiq hamkasblari bilan bo‘lishdi

Lotereyada salkam 10 mln dollar yutgan ayol pulni sobiq hamkasblari bilan bo‘lishdi

AQShning Indiana shtatida yashovchi ayol lotereyada 9,9 mln dollar yutdi. U katta yutuq umidida 11 yil tinmay lotereya o‘ynab kelgan, 2025 yil 16 avgustida xarid qilgan chiptasi nihoyat omad va boylik keltirdi, deyiladi xabarda.

U zavodda ishlar, lotereya chiptalarini sotib olishni esa kanda qilmasdi. Keyinchalik to‘rt nafar hamkasb do‘sti ham uni qo‘llab, birga lotereya sotib oladigan bo‘lishdi. Ishdan bo‘shab ketganiga qaramasdan, ayol o‘sha sobiq hamkasblarini qo‘llashga, yutug‘ini baham ko‘rishga qaror qildi.

«Sobiq kasbdoshlarim bu pulga nima qilishni allaqachon hal qilib bo‘lishdi. Kimdir mashina, kimdir uy olmoqchi, yana biri omonatga qo‘ymoqchi», — dedi omadli chipta sohibasi.

Kiritildi: 16:04 04.09.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!