Tesla sotuvi Germaniyada pasayishda davom etmoqda, deb xabar beradi DW.
Bu 2025 yil avgust oyidagi Federal Avtotransport agentligining (KBA) hisobotida ma’lum bo‘ldi. Shu oyda Germaniyada atigi 1441 ta Tesla elektromobili ro‘yxatga olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga kamdir.
Shu bilan birga, boshqa elektromobillarga talab yuqoriligicha qolmoqda: ularning sotuvi jami 45,7 foizga oshib, 39 367 taga yetdi. Bu har beshta yangi avtomobildan biriga teng. Bozorda nemis ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari, birinchi navbatda, Volkswagen ustunlik qiladi.
KBA hisobotiga ko‘ra, Xitoy avtomobillari - BYD va MG kabi brendlar - Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan yuqori tariflarga qaramay, Teslani quvib o‘tyapti, hatto undan o‘tib ketyapti.
Tesla sotuvi Yevropa bo‘ylab, ayniqsa Fransiya va Shvesiyada sezilarli darajada pasaygan.