Respublika tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, tadbirkor Gaji Gajiyev va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ)ning bir qancha yuqori lavozimli xodimlari hibsga olindi, deb xabar bermoqda Orda kz
Nashrning Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalariga tayanib yozishicha, Nurtleu kuni kecha Xitoyda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitidan qaytganidan so‘ng o‘z uyida qo‘lga olingan. Tergovchilar vazir Nurtleu, shuningdek, Gajiyevning uyida tintuv o‘tkazgan. MXQning hibsga olingan rahbarlari nomlari hozircha noma’lum.
Ammo oradan vaqt o‘tib, Qozog‘istonda tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning hibsga olingani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) ma’lumotiga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.