Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

16 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin

16 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin

Angliyada 16 yoshga to‘lmaganlarga do‘konlar, restoranlar, kafelar, savdo avtomatlari va internet orqali Red Bull, Monster va Prime kabi energetik ichimliklarni sotish taqiqlanadi. Hukumat tegishli qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BB xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya bolalarining uchdan biri har hafta energetik ichimlik iste’mol qiladi. Aksariyat supermarketlar allaqachon ixtiyoriy taqiqni joriy etgan. Ba’zi ichimliklar ikki stakan qahvadan ham ko‘proq kofeinga ega. Ortiqcha iste’mol bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tez yurak urishi va yurak ritmi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

"Bu ichimliklarning sog‘liqqa, diqqatni jamlashga va o‘qishga ta’sirini ko‘rishingiz mumkin, shuning uchun biz choralar ko‘rmoqdamiz”, degan Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri UYEs Striting.

Qonun loyihasini muhokama qilish uchun 12 hafta davomida sog‘liq va ta’lim mutaxassislari, jamoatchilik, chakana sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar fikri yig‘iladi. Taqiq amaldagi parlament muddati tugashidan ancha oldin kuchga kirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:15 04.09.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!