Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

London Ukraina armiyasiga 1 mlrd funt sterling o‘tkazdi

London Ukraina armiyasiga 1 mlrd funt sterling o‘tkazdi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili Kiyevga tashrifi chog‘ida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi. 3 sentyabr, chorshanba kuni Britaniya vaziri Rossiya Federasiyasidan olib qo‘yilgan mablag‘lar 1 milliard funt sterlingdan ortiq qurol va boshqa harbiy yordam sotib olishga sarflanganini aytdi.

Bu Ukrainaga yuz minglab artilleriya o‘q-dorilari, yuzlab zenit-raketalar, qurollar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish, shuningdek, texnika va harbiy transportga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish imkonini berdi, deya xabar berdi Buyuk Britaniya hukumati sayti.

So‘nggi 50 kun ichida Ukraina Buyuk Britaniyadan 4,7 million o‘q-dorilar, 60 ming artilleriya o‘qlari, raketalar va raketa tizimlari, 2,5 mingdan ortiq dron, 200 dan ortiq elektron urush tizimlari, 100 ta birlik yengil qurollar, 30 ta mashina va havo mudofaasi uchun qo‘shimcha jihozlar oldi.

Kiritildi: 14:25 04.09.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!