Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi Pokistonga suv toshqinlariga qarshi kurashda moliyaviy yordam beradi

Evropa Ittifoqi Pokistonga suv toshqinlariga qarshi kurashda moliyaviy yordam beradi

Evropa halokatli suv toshqinlari paytida Pokistonning yonida.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan Pokistonga moddiy yordam ko‘rsatadi:

"Hozirda Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar bilan gaplashdim va insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan fojia yuzasidan hamdardlik bildirdim.

Evropa Ittifoqi sog‘liqni saqlash, suv va sanitariya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Pokistonga bir million yevro ajratmoqda."

Kiritildi: 06:45 03.09.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!