Rossiyalik o‘ta millatchi va urush targ‘ibotchisi Aleksandr Dugin muhojirlarga "yo pravoslavlikni qabul qilib rus bo‘lasiz, yo erkaklar Ukrainani qarab urushga jo‘nab ketadi, ayollar esa hijobida “Z” belgisini taqadi" deb ultimatum qo‘ydi.
Duginga ko‘ra, Rossiyadagi tojik, o‘zbek yoki ozarbayjonliklar pravoslavlikni qabul qilib, Ukraina urushida Rossiya tarafini qo‘llab-quvvatlasa, migrant emas rus sifatida ko‘riladi. U bunday yo‘lni assimilyatsiyaning yagona shakli deb aytdi.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli Aleksandr Dugin — o‘ta o‘ng siyosiy qarashlari bilan tanilgan shaxs. U Rossiya imperializmini targ‘ib qiladi. Ko‘p hollarda uni “Putinning miyasi” yoki “Putinning Rasputini” deb atashadi.