Pekindagi uchrashuvdan so‘ng Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan umuman iz qolmasligi uchun hamma narsa qilindi. Putin bilan uchrashgandan so‘ng Shimoliy Koreya diktatorining ikki xodimi u qo‘l tekkizgan har bir narsani ehtiyotkorlik bilan artdi, hatto uning shaxsiy hojatxonasi ham poyezd bilan Pekinga olib kelindi.
Bunday xatti-harakatning izohi bor — razvedka idoralari go‘yoki Kimning sog‘lig‘i haqida DNK izlari, terisi yoki sochidan ma’lumot olishi mumkin, deb yozadi "Reuters".
Nashrning qayd etishicha, bunday choralar Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir davridan boshlab standart protokol hisoblanadi.