Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Messi: "Men terma jamoada ekanman, sen hech qachon u yerda o‘ynamaysan"

Messi: "Men terma jamoada ekanman, sen hech qachon u yerda o‘ynamaysan"

MLS klublarining sobiq futbolchisi Alan Gordon Major League Journeyman'man podkastida "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi va "Sietl"dagi hamyurti Pedro de la Vega o‘rtasida Ligalar kubogi finalidan keyin mojaro kelib chiqqani haqida gapirdi.

"Messi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning yuziga: "Men terma jamoada ekanman, sen hech qachon milliy jamoada o‘ynamaysan," dedi," - deydi Gordon.

Liga kubogi finalida "Inter Mayami" "Sietl"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Final hushtagidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi: Serxio Buskets raqibiga zarba berdi, Luis Suares esa "Sietl" xodimiga tupurdi.

Kiritildi: 09:56 04.09.2025. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!