Sudlanuvchi aybini tan olmagan bo‘lsa-da, dalillar ayblovni to‘liq tasdiqladi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘zbekistonlik 35 yoshli fuqaro voyaga yetmagan qizni muntazam ravishda jinsiy zo‘rlashda aybdor deb topildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Sud materiallariga ko‘ra, ayblanuvchi 2024 yilning o‘rtalarida qurilish ishlari uchun Qozog‘istonga kelgan. Shu yilning mart oyida u qo‘shni xonadonda yashovchi 14 yoshli qizning nochor ahvolidan foydalanib, bir necha bor uning irodasiga qarshi jinsiy aloqada bo‘lgan. Natijada jabrlanuvchi homilador bo‘lgan.
Holat faqat tibbiyot muassasasida qizning homiladorligi aniqlangach oshkor bo‘lgan. Sud jarayonida prokuror ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini talab qildi. Ish hujjatlari va dalillar asosida erkakning aybi to‘liq isbotlangan.
Sud hukmi 25 avgust kuni e’lon qilindi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ayblanuvchining appelyasiya shikoyati berish-bermasligi noma’lum.