Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Tashabbusli byudjet» doirasida «Deputatlar tashabbusi» amaliyoti joriy etiladi

«Tashabbusli byudjet» doirasida «Deputatlar tashabbusi» amaliyoti joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29 avgustdagi «Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–264-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2026 yildan boshlab «Tashabbusli byudjet» jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari har yili «Tashabbusli byudjet» jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda «Ochiq byudjet» axborot portalida tanlaydi;
  • deputatlar tomonidan tanlangan loyihalar «Ochiq byudjet» axborot portalida avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va ushbu loyihalar respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
  • Portalda deputat tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq ro‘yxati yuritiladi.

Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga bir yilda ikki mavsum uchun bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravari miqdorida (amalda 3,3 mlrd so‘m) mablag‘ har yilgi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetida nazarda tutiladi.

Hujjatning to‘liq matni bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kiritildi: 15:47 30.08.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!