Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Afg‘oniston hukumati Rossiyadan yordam so‘radi

Afg‘oniston hukumati Rossiyadan yordam so‘radi

Ayni damda so‘rov Rossiya FVV tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, deb ma’lum qildi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov.

"Biz ushbu falokat munosabati bilan afg‘on xalqiga rasman hamdardlik bildiramiz. Va buni ko‘p marotaba qilganimiz bois, Rossiya hukumati yaqin kelajakda gumanitar yordam ko‘rsatish orqali ushbu zilziladan jabr ko‘rgan afg‘onlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur choralarni ko‘rishiga ishonaman", - dedi Kabulov.

Afg‘oniston rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 800 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 2,8 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Ayrim qishloqlar butunlay vayron bo‘lgan, ko‘chkilar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan, aloqa liniyalari uzilgan. Olis tog‘li hududlarda qutqaruv ishlari og‘ir sharoitlarida olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:37 01.09.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!