Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiya bir sutkada 800 nafardan ortiq askarini yo‘qotganini ma’lum qildi

Ukraina Rossiya bir sutkada 800 nafardan ortiq askarini yo‘qotganini ma’lum qildi

Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutka ichida Rossiya armiyasi taxminan 810 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotgan — halok bo‘lgan, yaralangan yoki asirga tushgan. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldagi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Rossiyaning yo‘qotishlari 1 082 140 kishiga yetgan.

Tirik kuchdan tashqari, ukrain harbiylari texnik jihatdan ham yo‘qotishlar katta bo‘lganini bildirmoqda:
2 ta tank, 27 ta artilleriya tizimi va 370 dan ortiq dron yo‘q qilingan. Ukraina hisob-kitobiga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Rossiya 11 mingdan ortiq tank va 55 mingdan ortiq dron yo‘qotgan.


Shunga qaramay, Moskva o‘z qo‘shinlarini frontga yuborishda davom etmoqda. Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, janglarda 14 mingga yaqin shimoliy koreyalik harbiylar ishtirok etgan, yaqin vaqt ichida Qim Chen In boshchiligida yana 30 ming askar yuborilishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan haftada ma’lum qilishicha, Rossiya Pokrovsk yaqiniga taxminan 100 ming askar to‘plamoqda, bu esa yaqinda yangi hujumlar boshlanishiga ishora qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:16. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!