Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Oliy Radasining sobiq spikeri Andrey Parubiyning qotilligida gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi

Ukraina Oliy Radasining sobiq spikeri Andrey Parubiyning qotilligida gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi

Ukraina Oliy Radasining sobiq spikeri Andrey Parubiyning o‘ldirilishida gumon qilinuvchi hibsga olindi. Hozirda zarur tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram--kanalida ma’lum qildi.

"Hozirda Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko va Ukraina xavfsizlik xizmati raisi Vasil Malyuk Andrey Parubiy qotilligida gumonlanuvchining hibsga olingani haqida xabar berishdi", — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u mavjud ma’lumotlarni jamoatchilikka taqdim etishni buyurdi. Axir, bu dahshatli qotillikning barcha holatlari aniqlanishi kerak.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!