Hindiston yana bir bor Ozarbayjonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) to‘laqonli a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi.
Bu haqda “Report” agentligi AnewZ manbasiga tayanib xabar berdi.
Xitoyda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida esa Pekin Ozarbayjonning arizasini qo‘llab-quvvatlab, uning “Shanxay ruhi” tamoyillariga mos kelishini qayd etdi.
Manbalarga ko‘ra, Hindistonning qarori ko‘p tomonlama diplomatiya prinsiplari hamda ikki tomonlama kelishmovchiliklarni xalqaro platformalarga olib chiqmaslikka qaratilgan “Shanxay ruhi”ga zid hisoblanadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Hindistonning bunday pozisiyasi asosan Ozarbayjonning Pokiston bilan yaqin aloqalari bilan bog‘liq.
Manbalardan biriga ko‘ra, bu qadamlar “Ozarbayjonning strategik yo‘nalishini o‘zgartirmaydi, faqat Hindiston siyosati cheklangan va kelajakni ko‘ra olmasligini namoyon etadi”.