Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil zarbasida 4 nafar jurnalist halok bo‘ldi

Isroil zarbasida 4 nafar jurnalist halok bo‘ldi

Isroil harbiy aviasiyasi janubiy G‘azodagi Nosir kasalxonasini nishonga oldi. Hujum natijasida 20 nafar odam va 4 jurnalist halok bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar orasida Reuters, Associated Press, Al Jazeera va NBC agentliklari muxbirlari bor. Yana bir Reuters muxbirining yaralangani xabar qilindi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) ma’lumoticha, 2023 yildan buyon G‘azoda 190 dan ziyod jurnalist o‘ldirilgan.

Isroil armiyasi jurnalistlar maxsus nishonga olinmaganini bildirdi va hodisani tergov qilishini ma’lum qildi.

Urush boshlangach, G‘azoda 62 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Kiritildi: 18:56 25.08.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!