Norvegiya Ukraina ehtiyojlari uchun 2026 yilda $8,5 milliard ajratishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Yonas Gar Stere xabar berdi.
Uning aytishicha, Ukrainaga yordam 2025 yilda ham davom etadi va 2026 yilda ham yuqori darajada saqlanadi. Mablag‘ ajratish tashabbusi parlamentga taqdim etiladi.
Yordam "Nansen qo‘llab-quvvatlash dasturi" doirasida amalga oshiriladi. U 2023–2027 yillarda jami 75 mlrd norvegiya kroni ($7,4 mlrd) qiymatidagi fuqarolik va harbiy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Joriy 2025 yilda Norvegiya Ukrainaga $8,4 milliard yordam ajratmoqda.