Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil buldozerlari Falastin qishlog‘idagi yuzlab zaytun daraxtlarini ildizi bilan yulib tashladi

Isroil buldozerlari Falastin qishlog‘idagi yuzlab zaytun daraxtlarini ildizi bilan yulib tashladi

G‘arbiy Sohilda, Falastinning Al-Mug‘ayir qishlog‘ida Isroil hukumati buldozerlar yordamida yuzlab daraxtlarni yo‘q qildi. Arab News gazetasining xabar berishicha, kesilgan daraxtlarning salmoqli qismi mintaqa iqtisodiyoti va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadigan zaytun daraxtlari bo‘lgan.

Mahalliy qishloq xo‘jaligi uyushmasi rahbarining fikricha, bu kabi harakatlar falastinliklarni bosib olingan hududlardan chiqarib yuborish uchun ularga bosim o‘tkazishga qaratilgan. Shu bilan birga, Isroil mudofaa kuchlari vakillari daraxtlarning kesilishini aksilterror choralarini ko‘rish zarurligi bilan izohladi.

Kiritildi: 10:25 25.08.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!