Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aldangan ayol qutqarildi

Aldangan ayol qutqarildi

Samarqand viloyatida yashab kelgan va oilaviy nizolardan uzoqlashishni istagan yosh ona Nasiba (shartli ism) xorijda va’da qilingan yuqori daromadli ishga aldanib, og‘ir vaziyatga tushib qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tanitgan Istanbulda yashovchi Kemal (shartli ism) Nasibaga malaka va til bilimi talab qilinmaydigan, yuqori maoshli ishni va’da qilib, uni ishchi vizasisiz Turkiyaga olib keldi. Ammo keyinchalik yo‘l xarajatlari uchun qarzdorligini bildirgan “saxovatli tadbirkor” uning pasportni olib qo‘ydi va og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlamoqchi bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan konsulxonaga kelib tushgan murojaat asosida diplomatik vakolatxonamiz hamda Migrasiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaromiz sog‘-omon holda Vatanimizga qaytarildi. Shu bilan birga, yolg‘on va’dalar berib, fuqaromizni aldashga uringan shaxsning harakatlari yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga tegishli ma’lumot taqdim etildi.

Kiritildi: 15:00 24.08.2025. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!