Pokiston Hindistonning ogohlantirishidan so‘ng toshqin xavfi ehtimoli bo‘lgan hududdan 150 ming kishini evakuasiya qildi, deb yozmoqda Reuters.
Agentlikning qayd etishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi chegaraviy mojarodan keyingi ilk ikki tomonlama aloqa hisoblanadi.
Evakuasiya aholi eng zich yashaydigan Panjob viloyatida, musson yomg‘irlaridan so‘ng daryolar sathining ko‘tarilishi sababli amalga oshirildi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistonning toshqin xavfi haqidagi ogohlantirishini tanqid qildi.
Vazirlik vakili Shafqat Ali Xonning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Dehli bu ma’lumotni Hind daryosi suv resurslari komissiyasi orqali emas, balki diplomatik kanallar orqali yetkazgan, bu esa shartnomaga zid hisoblanadi.