AQSh prezidentining tabrik maktubi matnini Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
"Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan sizga va mard Ukraina xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Ukraina xalqi yengilmas ruhga ega, mamlakatingiz jasorati esa ko‘plarga ilhom beradi. Qo‘shma Shtatlar sizning kurashingizni hurmat qiladi, qurbonliklaringizni qadrlaydi va mustaqil millat sifatidagi kelajagingizga ishonadi", — deyiladi Qo‘shma Shtatlar yetakchisining maktubida.
"Endi ma’nosiz qotilliklarga barham berish vaqti keldi. Qo‘shma Shtatlar qon to‘kilishiga yakun yasaydigan, Ukraina suvereniteti va sha’nini ta’minlaydigan, barqaror va uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan muzokaralar yo‘lidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi", — deb yozdi Donald Tramp.