Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

AFP: Fransiya va Italiya o‘rtasida Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasi yuzasidan diplomatik mojarolar yuzaga keldi

AFP: Fransiya va Italiya o‘rtasida Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasi yuzasidan diplomatik mojarolar yuzaga keldi

Nashrning xabar berishicha, yaqinda Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Matteo Salvini, Buyuk Britaniya va Fransiya boshchiligidagi “Xohlovchilar koalisiyasi” muhokama qilayotgan tinchlikparvar kontingent doirasida Italiya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish masalasiga keskin munosabat bildirdi.

"Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘zi dubulg‘a kiysin va qo‘liga miltiq olib Ukrainaga boraversin", — dedi italiyalik siyosatchi.

AFP'ning diplomatik manbalarga tayanib yozishicha, bu bayonotdan so‘ng Italiyaning Parijdagi elchisi Emanuela D'Alessandro Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Italiya elchisiga Salvinining so‘zlari “ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonch muhiti va tarixiy munosabatlarga zid” ekani bildirilgan.

"Bu Salvini tomonidan Makronga qarshi aytilgan ilk keskin fikr emas. Mart oyida Salvini Fransiya prezidentini “telba” deb atab, uni Yevropani Rossiya bilan urushga undayotganlikda ayblagan edi", deya yozmoqda AFP.

Kiritildi: 12:36 24.08.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!