Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

​Tramp Chikago va Nyu-Yorkka Milliy gvardiyani yubormoqchi — Deutsche Welle

 ​Tramp Chikago va Nyu-Yorkka Milliy gvardiyani yubormoqchi — Deutsche Welle

Avvalroq prezident Vashingtonga 1900 dan ortiq milliy gvardiyachilarni safarbar qilgan va AQSh poytaxti polisiyasini federal hukumat nazoratiga o‘tkazgan edi, deya yozmoqda nashr.

AQSh prezidenti bunday harakatlarni “nazoratdan chiqib ketgan jinoyatchilik” bilan izohladi. Endi Tramp ushbu chorani boshqa shaharlarga ham qo‘llashni rejalashtirmoqda. Biroq so‘nggi yillarda poytaxtdagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar statistikasi pasayib bormoqda.

"Menimcha, keyingi shahar Chikago bo‘ladi, keyin esa Nyu-Yorkka yordam beramiz. Ushbu ikki shaharda tartibsizlik va jinoyatchilik avjiga chiqqan", — dedi Donald Tramp.

Illinoys shtati gubernatori, demokrat J. B. Prisker prezidentning bu g‘oyasiga keskin munosabat bildirdi. "Odamlar Tramp ma’muriyatining hokimiyatni avtoritar shaklda egallab olishini xohlamaydi", dedi gubernator.

Tanqidchilar Trampni o‘z vakolatlarini kengaytirishga va demokratlar boshqaruvidagi shaharlarni nazorat qilishga intilayotganlikda ayblamoqda.

Iyun oyida AQSh prezidenti Los-Anjelesga Milliy gvardiya va dengiz piyodalarini yuborgan edi, bu Trampning immigrasiya siyosatiga qarshi namoyishlarni to‘xtatish uchun qilindi. Bu AQSh prezidentining so‘nggi 60 yil ichida mahalliy hokimiyat irodasiga qarshi bunday choraga birinchi marta qo‘l urishi hisoblanadi.

Kiritildi: 12:18 24.08.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!