Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda Ukraina bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish uchun maxsus harakat qilayotgani yo‘qligini bildirdi.
Reportning BELTAga tayanib yozishicha, Lukashenko jurnalistlar bilan suhbatda:
"Agar tomonlar kelishib, bu yerda muzokara o‘tkazishni xohlashsa, belarus tarafi barcha zarur shart-sharoitni yaratib beradi," — dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy uchrashuvini Minskda tashkil etish “xohishi” bilan og‘rimaydi. Shunga qaramasdan, Belarus bu borada eng qulay joy hisoblanadi.
"Agar Rossiya va Ukraina kelishib, bu yerga kelishga qaror qilsa — Belarusda hatto ertagayoq muzokaralarni yuqori darajada tashkil etish mumkin," — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.