Nashr xabariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti hozirda amal qilayotgan Amerika vizasiga ega bo‘lgan boshqa davlatlarning 55 milliondan ortiq fuqarosini migrasiya qonunchiligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirmoqda.
"Xususan, idora viza muddati oshirib yuborilmaganligini va shaxs jinoyatchilik yoki terrorizm bilan bog‘liq emasligini aniqlamoqda.
Agar chet el fuqarosi Qo‘shma Shtatlarning viza talablarini buzilganligi aniqlansa, uning vizasi bekor qilinadi. Agar u AQSh hududida bo‘lsa, mamlakatdan chiqarib yuboriladi", deya yozmoqda Associated Press.
Davlat departamenti shuningdek, prezident Donald Trampning yanvar oyidagi inaugurasiyasidan buyon AQSh vizalarini bekor qilish holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar oshganini ma’lum qildi.