Pokistonning Karachi shahrida pirotexnika omborida yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi.
Kuchli portlashdan so‘ng omborda yong‘in chiqqan.
Ta’kidlanishicha, portlash yaqin atrofdagi binolar va avtomobillarga zarar yetkazgan, voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chirish brigadalari va tez yordam mashinalari yuborilgan.
Voqea sodir bo‘lgan hududda transport harakati to‘xtatildi.