Bu haqda Reuters xabar bermoqda
Hujjatga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Yevropa mahsulotlarining ko‘pchiligiga, jumladan avtomobillar, farmasevtika, yarimo‘tkazgichlar va yog‘och mahsulotlariga 15% boj joriy etadi.
Buning evaziga YEI AQSh sanoat mahsulotlariga tariflarni bekor qiladi hamda Qo‘shma Shtatlardan keltiriladigan dengiz va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga imtiyozlar taqdim qiladi.
AQSh ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, avtomobillar va butlovchi qismlarga bojlar Bryussel tegishli qonun hujjatlarini taqdim etganidan so‘ng, bir necha hafta ichida pasaytirilishi mumkin.