Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropaliklar Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha “asosiy yukni” o‘z zimmalariga olishlari kerak

Evropaliklar Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha “asosiy yukni” o‘z zimmalariga olishlari kerak

"Bu ularning qit’asi, bu ularning xavfsizligi. Prezident Tramp ham ular o‘z sa’y-harakatlarini kuchaytirishi kerakligini aniq aytdi", — dedi AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Qo‘shma Shtatlar vise-prezidentining intervyusidan asosiy iqtiboslar:

◾️ AQSh va uning ittifoqchilari hanuzgacha Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari ustida ishlamoqda, ammo ular hali yakuniy kelishuvga erishmagan;

◾️ Qo‘shma Shtatlar tomonlarning nimaga ehtiyoji borligini aniq tushunmaguncha, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi;

◾️ Putin Alyaskadagi muzokaralarda o‘zini o‘ta mulohazali tutdi, Rossiyaning manfaatlarini himoya qildi va kutilganidan yumshoqroq ohangda gapiradi;

◾️ Yevropa yetakchilari AQSh prezidenti bilan Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvda Tramp muzokaralardan so‘ng Putinga qo‘ng‘iroq qilishini umuman kutmagan edi;

◾️ Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi asoslari Putin va Zelenskiyning uchrashuvidan oldin ham muvofiqlashtirilishi mumkin;

◾️ Kiyev xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda, Moskva esa ma’lum bir hududlarni istaydi, ularning aksariyati hozirda Rossiya armiyasi nazorati ostida.

Kiritildi: 20:45 21.08.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!