Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
"Taxminlarga bu bazada yadro kallaklarini olib yurishga qodir bo‘lgan to‘qqiztagacha qit’alararo ballistik raketa hamda ular uchun uchirish moslamalari saqlanadi", deb yozadi gazeta Vashingtondagi Strategik va Xalqaro Tadqiqotlar Markazi (CSIS) hisobotiga tayanib.
Mazkur bazaning qurilishi taxminan 2004 yilda boshlangan, 2014 yilga kelib esa aksariyat ob’ektlar qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. Hisobotda qayd etilishicha, kompleks hozir ham “faol rivojlanishda” davom etmoqda.
"Bazaning Xitoy chegarasiga yaqin joylashuvi tasodifiy bo‘lmasligi mumkin, chunki AQSh hujum oqibatlari Xitoyga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli ushbu ob’ektga hujum qilishdan tiyiladi", deyiladi WSJ maqolasida.