Ukraina prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Ukraina xavfsizlik kafolatlarini taqdim etuvchi davlatlar orasida Xitoyning bo‘lishini xohlamaydi. Pekin 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqinini to‘xtatishga hech qanday harakatni amalga oshirmagan va 2014 yilda Rossiya Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olganida ham hech narsa qilmagan;
◾️ AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, 2014 yilda Qrimdan chiqish Ukrainaning katta xatosi bo‘lgan;
◾️ Ukraina Donesk viloyatidan chiqib keta olmaydi. Agar bunday qilsak, Xarkov va Dneprga yo‘llarni yo‘l ochib bergan bo‘lamiz;
◾️ Donbassni to‘liq egallab olish uchun Rossiyaga yana kamida 4 yil kerak bo‘lishi mumkin;
◾️ Ukraina hududlarni almashish bo‘yicha nimaga tayyor ekanligi haqida faqat Rossiyaning talablari aniq va tushunarli bo‘lgach gapirish mumkin;
◾️ Ukraina o‘z hududlarining Rossiya tomonidan bosib olinishini huquqiy jihatdan hech qachon tan olmaydi;
◾️ Men Ukrainada saylovlar o‘tkazilishidan mamnun bo‘lardim;
◾️ Putin bilan uchrashuvimizga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Keyingi 7-10 kun ichida Ukraina Qo‘shma Shtatlardan xavfsizlik kafolatlari arxitekturasi bo‘yicha ma’lumot olishni xohlaydi;
◾️ Rossiyaliklar Sumi va Xarkov viloyatlarini bosib ololmaydi. Yana bir necha oydan keyin Sumida rossiyalik askarlar qolmaydi;
◾️ Ukrainaning 3 ming kilometrgacha ucha oladigan “Flamingo” raketasining ommaviy ishlab chiqarilishi kelasi yil boshida boshlanishi kutilmoqda.