Uganda AQSh bilan kelishuvga erishib, Amerikada boshpana ololmagan va vataniga qaytishni istamaydigan uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilishga rozi bo‘ldi.
Reportning Al Arabiyaga tayanib xabar berishicha, bu haqda Uganda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
«Bu vaqtincha chora. Kelishuv doirasida Uganda sudlangan shaxslarni va kattalarsiz bolalarni qabul qilmaydi», — dedi vazirlikning doimiy kotibi Vinsent Bagiire Vaysva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kelishuv asosida Uganda afriqalik millat vakillarini qabul qilishni afzal ko‘radi. Hozirda ikki tomon kelishuvni amalga oshirish shartlarini ishlab chiqmoqda.