Evropa Ittifoqi sog‘liqni saqlash idoralari yoz mavsumida chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar – G‘arbiy Nil virusi va chikungunya bo‘yicha rekord darajada ko‘p holatlar aniqlanganini ma’lum qildi.
Evropa Kasalliklarni oldini olish va nazorat markazi (ECDC) xabariga ko‘ra, bu yil kontinentda chikungunya bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichi – 27 ta holat qayd etildi. Shuningdek, G‘arbiy Nil virusi bilan 335 holat aniqlanib, so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga yetdi.
ECDC direktori Pamela Rendi-Vagnerning ta’kidlashicha, Yevropa yangi bosqichga kirmoqda: endi uzoqroq va kuchliroq tarqalish bilan kechadigan chivinlar orqali yuqadigan kasalliklar “yangi norma”ga aylanmoqda.
Mutassadilarning qayd etishicha, iqlim o‘zgarishi – issiq yozlar, yengil qish va yomg‘ir rejimining o‘zgarishi chivinlar ko‘payishi uchun ideal sharoit yaratib, viruslar tarqalishini kuchaytirmoqda.
Hozirgi paytda chikungunyani tarqatuvchi “Osiyo yo‘lbars chivini” 16 mamlakat va 369 ta hududda aniqlangan, bu ko‘rsatkich o‘n yil oldin 114 ta hudud bo‘lgan. G‘arbiy Nil virusi esa har yili yangi hududlarda qayd etilmoqda. 2025 yilda Ruminiyaning Selaj uyezdi, Italiyaning Latina va Frozinone provinsiyalarida ham ilk bor qayd etildi va virusdan kamida 10 kishi halok bo‘ldi.