Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulatti CNNga bergan intervyusida G‘azo aholisini ommaviy ko‘chirishga urinishni «qizil chiziq» deb atadi va Qohira o‘z milliy xavfsizligi va suverenitetini hech kimga xavf ostiga qo‘ydirmasligini ta’kidladi.
Uning aytishicha, Misr gumanitar yordamni kiritish uchun turli kanallar orqali ish olib bormoqda, ammo falastinliklarni G‘azodan chiqarishga mutlaqo rozi bo‘lmaydi.
Abdulattining bu qat’iy bayonoti Isroil bir nechta davlatlar bilan ko‘chirilgan falastinliklarni qabul qilish haqida muzokara olib borayotgani ma’lum qilinganidan so‘ng yangradi.
Vazir: «Agar ularni quvib chiqarishga muvaffaq bo‘lishsa, bu Falastin ishining tugashi bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qildi.