Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Har oy Isroil 540 nafardan ortiq bolani o‘ldirmoqda

Har oy Isroil 540 nafardan ortiq bolani o‘ldirmoqda

BMTning Bolalar jamg‘armasi — YUNISEF seshanba kuni ma’lum qilishicha, mart oyidan beri Isroilning HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan chiqib, hujumlarni kuchaytirishi ortidan, G‘aza sektorida har oy o‘rtacha 540 nafardan ortiq bola halok bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, BMTning Falastinlik qochqinlar agentligi (BAPOR) zudlik bilan otashkesimga chaqirdi va yuz minglab odamlar panoh topgan maktablar "o‘lim manziliga" aylanib qolganini ta’kidladi.

«Odamlar BMT bayrog‘i ostida himoya izlagan edi, ammo bu panohgohlar ko‘plab bolalar uchun ham o‘lim joyiga aylandi», — deyiladi BMTning Falastin qochqinlari ishlari bo‘yicha agentligi tomonidan X (sobiq Twitter) sahifasida e’lon qilingan bayonotda.

2023 yil oktyabridan beri Isroil G‘aza sektorida genosidni amalga oshirib, 62 000 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan.

Kiritildi: 13:56 21.08.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!