Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi — The Hindustan Times

 Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi — The Hindustan Times

"O‘tgan yili Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRICS sammiti doirasida Si Jinpin bilan o‘tkazgan uchrashuvimdan buyon Hindiston-Xitoy aloqalari muntazam rivojlanmoqda. Tyanjinda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti doirasida navbatdagi uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", — deb yozdi Modi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Van I, shuningdek, Hindiston milliy xavfsizlik maslahatchisi Ajit Doval bilan ham uchrashdi. Ular chegaralardagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

Xitoy tashqi ishlar vazirining Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlik va global masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Hindiston bir-biriga “raqib yoki tahdid” sifatida emas, “hamkor” sifatida qarashi kerak.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 31 avgust kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida qatnashadi. Bu uning Xitoyga 2018 yildan buyon amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ladi.

Kiritildi: 12:50 21.08.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!