Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Times: Trampdan AQSh qiruvchi samolyotlarini Ruminiyada joylashtirish so‘raldi

Times: Trampdan AQSh qiruvchi samolyotlarini Ruminiyada joylashtirish so‘raldi

"Evropaning yuqori martalabali harbiy rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bosqini qaytalanishini oldini olish uchun NATO'ning Yevropadagi eng yirik aviabazasi joylashgan Ruminiyada Qo‘shma Shtatlarning F-35 qiruvchi samolyotlarini joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda", deb yozadi gazeta.

Bu masala AQSh Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari Qo‘shma qo‘mitasi raisi Den Keynning Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Finlyandiya va Italiya harbiy qo‘mondonlari bilan uchrashuvida ko‘tarilgan.

Hozirda NATO Ruminiyadagi “Mixay Kogelnichanu” aviabazasidan Qora dengiz ustidagi havo hududini patrul qilish missiyalarini olib bormoqda. Mazkur baza Iroq urushi davrida AQSh qo‘shinlarining asosiy joylashuv markazi bo‘lgan va Amerikaning qiruvchi samolyotlarini joylashtirish uchun eng yaxshi joy sifatida qaralmoqda.

"Buyuk Britaniya “Xohlovchilar koalisiyasi” doirasida Ukrainaning g‘arbiy qismida Typhoon qiruvchi samolyotlarini hamda Ukraina armiyasini o‘qitish uchun 3-5 ming nafar harbiy xizmatchini joylashtirishni taklif qilgan. Bundan tashqari, Fransiya, Kanada va Avstraliya ham Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkin", deya yozmoqda Times.

Kiritildi: 12:38 21.08.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!