Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur harakat jamoatchilik va ziyolilar orasida katta norozilikka sabab bo‘lgan.
«Amu» nashri xabar berishicha, fikr bildirgan ziyolilar «Tolibon» nafaqat millatlarning ma’naviy qadriyatlariga, balki butun insoniyatning tarixiy merosiga ham bee’tiborlik qilayotganini, amalda madaniy va tarixiy o‘zlikni yo‘q qilish bilan shug‘ullanayotganini qayd etmoqda.
20 avgust kuni 20 dan ortiq fuqarolik va jamiyat tashkilotlari qo‘shma bayonot bilan chiqib, haykal buzilishini «Afg‘oniston xalqining umumiy xotirasi va milliy o‘zligiga hujum» sifatida baholashdi. Ular xalqaro hamjamiyat, UNESCO va inson huquqlari tashkilotlarini madaniy merosni himoya qilishga chaqirdi.
Jamoatchilik vakillari, jumladan, Qobul universiteti professori Abdulhanon Qilich Arslon ham bu ishni «adolatdan tashqari» deb baholab, rasmiy izoh talab qildi. Haykal 17 yil oldin Mozori Sharif hokimiyati tashabbusi bilan o‘rnatilgan edi.
Avvalroq ham Navoiy haykali qisman buzilgani haqida ma’lumot tarqalgan, ammo bu safar u butunlay yo‘q qilindi. «Tolibon» esa hozirgacha voqeaga rasmiy munosabat bildirmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil fevral oyida ham Navoiy haykali begona kishilar tomonidan vayron qilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov holatga munosabat bildirib, bu ishni «vandalizm» deb atagandi.