Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti narxi oshirildi

Qoraqalpog‘istonda jamoat transporti narxi oshirildi

20 avgustdan jamoat transporti xizmatlari uchun yo‘lkira haqi oshirilib, yangi tariflar amaliyotga kiritildi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qaroriga ko‘ra, endi avtobuslarda yo‘lovchi safar uchun naqd pulda 2600 so‘m to‘laydi. Bank kartasi, ATTO yoki transport kartalaridan foydalangan holda esa yo‘lkira 2000 so‘m qilib belgilandi.

Shuningdek, shahar ichi va tuman markazidan boshlanuvchi shaharlararo yo‘nalishli taksilarda 5 km gacha bo‘lgan masofa uchun yo‘l haqi 3000 so‘m etib belgilandi. Bu tarifga qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiritilgan.

Qarorda oylik va yillik abonement narxlari ham belgilangan. Oddiy yo‘lovchilar uchun avtobus abonementi oyiga 200 ming so‘m, yiliga esa 1 mln 642 ming so‘m bo‘ladi. Pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun bu tarif yarim qiymatda — oyiga 100 ming so‘m, yiliga esa 912 ming so‘m qilib belgilandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, tariflarning oshirilishi transport tizimini yangilash va xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Kiritildi: 17:26 20.08.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!