Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident tadbirkorlar uchun «o‘ziga xos amnistiya» e’lon qildi

Prezident tadbirkorlar uchun «o‘ziga xos amnistiya» e’lon qildi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirilgani hisobiga bu soliq rejimida ishlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin ko‘paymoqda.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, shunga qaramay, hali ko‘pchilik QQSga o‘tsam, hisob-kitob qiyinlashadi, buxgalter olishim kerak, xarajat oshadi, deb shubhalanmoqda.

Shu bois, aylanma soliqdan QQSga o‘tadigan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, hisobotida xatolik bo‘lsa ham, jarima qo‘llanmaydi, buxgalterlar maoshining 5 million so‘mgacha qismi olti oygacha bunday korxona to‘layotgan soliqdan chegirib tashlanadi.

Bugungi kunda soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi o‘rniga salbiy ta’sir qiladi.

«Shu bois bugun o‘ziga xos «amnistiya» e’lon qilamiz, ushbu tekshirishlar bo‘yicha jazo qo‘llanmaydi. Buning o‘rniga 1 noyabrgacha tadbirkorlarimizga barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoni beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, 1 noyabrdan boshlab biznes vakillari tadbirkorlik reytingini «toza sahifadan» boshlaydi», - dedi Prezident.

Kiritildi: 16:25 20.08.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!