Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Birinchi kurs talabalari uchun yotoqxonaga arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

Birinchi kurs talabalari uchun yotoqxonaga arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

Bugundan oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalar universitet yotoqxonasiga joylashish uchun elektron tarzda ariza topshirishlari mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining xabar berishicha, «Talabalar turar joyi axborot tizimi»ga ma’lumotlarni yuklash ishlari yakunlangan. Shu munosabat bilan 1-kurs talabalari davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali yotoqxonaga ariza berishlari mumkin.

Bu tizim orqali talabalar yotoqxonalarga joylashish uchun hujjatlarni masofadan turib topshiradi va o‘z arizasi holatini onlayn tarzda kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur elektron xizmat talabalar uchun qulaylik yaratadi, hujjatlarni to‘g‘rilash jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotilishining oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustdan 2-3-4 kurs talabalariga turar joylarida yashash uchun arizalarini yuborish jarayonlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 16:17 20.08.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!