2 yil oldin aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun buxgalteriya hisobini soliq organlari yuritish tizimi joriy qilingan edi. Endi bu xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi.
Kelgusi yildan tadbirkorlar yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotini o‘zlari topshirishdan ozod qilinadi.
Bu hisobotlarni soliqchilarning o‘zi bepul shakllantirib beradi.
Tadbirkor esa 5 kun ichida hisobotga tuzatish kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirda hisobot kechiksa, kichik va yirik biznesga bir xil miqdorda jarima qo‘llanmoqda, har bir hisobot turi uchun alohida jarima bor.
Yangi tartib:
➖ 1 noyabrdan kechiktirilgan yoki taqdim etilmagan hisobotlar sonidan qat’i nazar, yagona jarima qo‘llanadi;
➖ kichik biznes uchun esa jarimalar 3 barobarga kamaytiradi.