Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

QQS stavkasi tushirildi – tadbirkorlar uchun yangi imtiyozlar

QQS stavkasi tushirildi – tadbirkorlar uchun yangi imtiyozlar

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 12% etib belgilanishi natijasida bu rejimga o‘tayotgan tadbirkorlar soni ortib bormoqda.

Biroq ko‘pchilik hali ham “hisob-kitob qiyinlashadi, buxgalter kerak bo‘ladi” degan xavotirda. Shu sababdan:
➖ QQSga o‘tadigan korxonalar 1 yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi;
➖ hisobotda xatolar bo‘lsa, jarima qo‘llanmaydi;
➖ buxgalterlar maoshining 5 mln so‘mgacha qismi 6 oygacha soliqdan chegiriladi.

Prezident:
“Shu bois, o‘zgacha soliq amnistiyasi e’lon qilamiz. Jazo qo‘llanmaydi, tadbirkorlarga 1 noyabrgacha barcha xatolarni ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoni beriladi. Shu bilan biznes vakillari o‘z reytingini toza sahifadan boshlaydi”.

Kiritildi: 15:20 20.08.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!