Telekanal bu haqda yevropalik diplomatlarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya buning evaziga front chizig‘inining boshqa hududlarini muzlatishi kerak.
Financial Times nashriga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiy va yevropalik yetakchilar bilan telefon orqali suhbatda Ukraina o‘z hududi borasida qarorni mustaqil ravishda qabul qilishi kerakligini bildirgan.
Reuters'ning yozishicha, Ukraina prezidenti Donbassni Rossiyaga topshirish evaziga frontni muzlatish taklifini rad etgan.
Hozirgi vaqtda Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyati hududining qariyb 70 foizini nazorat qilmoqda. Shu bilan birga, Financial Times'ning yozishicha, Kiyev nazorati ostida qolayotgan aholi punktlari Ukraina Qurolli kuchlarning operasiyalari va sharqiy front bo‘ylab mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.