Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

DXX: Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi

DXX: Farg‘onada bojxona posti boshlig‘i pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “Iphone-16” rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy o‘tkazib berganligi evaziga 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 20:41 15.08.2025. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!