Reuters manbalarga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish uchun bir qator talablarni ilgari surgan. Unga ko‘ra, quyidagi shartlar bajarilmaguncha o‘t ochishni to‘xtatish imkonsiz:
Tinchlik bitimi imzolanmaguncha urush davom etadi;
Ukraina qo‘roli kuchlari Donetsk va Lugansk viloyatilarning ma’muriy chegaralaridan chiqib ketishi kerak;
Rossiya Xerson va Zaporojye front chizig‘ini hozirgi holatda muzlatib qo‘yadi;
Rossiya Sumi va Xarkovdagi ayrim hududlarni Ukrainaga qaytaradi;
Qrim ustidan Rossiya suvereniteti rasman tan olinishi lozim;
Rossiyaga qarshi ayrim sanksiyalar bekor qilinishi kerak;
Ukraina NATO’ga a’zo bo‘lmasligi shart;
Mamlakatda rus tiliga ayrim hududlarda yoki butun Ukraina bo‘ylab rasmiy maqom berilishi lozim;
Rus pravoslav cherkovining erkin faoliyati kafolatlanishi zarur.