Avvalroq Reuters Putinga yozilgan maktubda Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarning ahvoli haqida so‘z borgani haqida yozgandi.
Fox News tomonidan e’lon qilingan maktub matniga e’tibor qaratilsa, u yerda Ukraina nomi tilga olinmaganini ko‘rish mumkin. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Putin xatni olgan zahoti o‘qib chiqqan.
"Bolalar muhabbat, imkoniyatlar va xavfsizlikni orzu qiladi. Ota-onalar sifatida kelajak avlodning umidlarini parvarishlash bizning burchimizdir. Farzandlarimizni qo‘llab-quvvatlash mas’uliyati kam sonli odamlarning rohat-farog‘atidan ustun turadi. Janob Putin, siz ularning ohangdor kulgisini bir o‘zingiz qaytarishingiz mumkin. Bu begunoh bolalarni himoya qilishda siz birgina Rossiyaga emas, balki butun insoniyatga xizmat qilgan bo‘lasiz. Bunday dadil g‘oya har qanday insoniy bo‘linishdan yuqori turadi va siz, janob Putin, bugun bu g‘oyani birgina imzo bilan amalga oshira olasiz. Vaqti keldi", deyilgan Melaniya Trampning maktubida.