Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniya tarixiy mas’uliyatni tan oldi, ammo tovon to‘lamaydi

Germaniya tarixiy mas’uliyatni tan oldi, ammo tovon to‘lamaydi

Germaniya hukumati tarixiy adolatsizliklarni tan olsa-da, sobiq mustamlakalarga kompensasiya to‘lash niyati yo‘q. Bu haqda Germaniya kabineti "Hariylar/Yashillar" partiyasi so‘roviga javoban ma’lum qildi.

🇩🇪 Hukumat ta’kidlashicha, kompensasiya xalqaro huquqda faqat xalqaro majburiyat buzilganda amalga oshiriladi. Mustamlakachilik davrida Berlinning bunday majburiyatlari bo‘lmagan.

Shu bilan birga, Germaniya ayrim davlatlar bilan madaniy boyliklar va kolonial davrda olib ketilgan inson qoldiqlarini qaytarish masalasida muloqot olib borayotganini qayd etdi.

“Yashillar” hukumatning bu pozisiyasini tanqid qilib, faqat huquqiy yechim emas, balki insonparvarlik yondashuv talab etilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 19-asr oxiridan boshlab Germaniya Osiyo, Okeaniya va Afrikada mustamlakalarga ega bo‘lgan. Bu hududlarda mahalliy aholiga nisbatan zo‘ravonlik, assimilyasiya va hatto genosid sodir etilgan. 1-jahon urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Germaniya o‘z koloniyalarini yo‘qotgan.

Kiritildi: 13:12 17.08.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!